Shavkat Rahmonov qachon oktagonga qaytishi ma’lum

  • 14 may, 16:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning murabbiyi Eduard Bazrov shogirdi haqida ba’zi xabarlarni ochiqladi.

Tecno

"Kuzning oxirlarida yoki bo‘lmasa dekabr oyida oktagonga qaytamiz. Ayni paytda tizzadagi muammoni bartaraf etish bilan bandmiz. Shuni unutmang, biz hali ham o‘yindamiz. Shavkat hali ham kamar uchun da’vogar" - dedi Bazrov "Naiza TV" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonov oxirgi jangida Yan Garrini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!