
Shatskix: Bu biz uchun o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi
O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mavsum chempionlari so‘nggi turda o‘z maydonida 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Paxtakor"ning gollariga Xoldorxonov hamda Cheran mualliflik qilgan bo‘lsa, "qaldirg‘ochlar" tarkibida Abdurahmonov, Taira hamda Mahammadjonov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari matbuot anjumani ishtirok etdi. Quyida Maksim Shatskixning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Xayrli kech. Biz uchun bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi. Chempionlikni hal qilib bo‘lgandik.
- Agar ushbu bellashuv chempionlikni hal qilganida, boshqacha futbolchilar bilan boshqacha o‘yin bo‘lardi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarga imkon berdik va o‘zimiz uchun ma’lumotlar oldik.
- Himoyachilar emas, himoyada yomon o‘ynayapmiz. Shu sababli, ko‘p gol o‘tkazib yubordik.
Fikrlar