
Shartnomasi tugayotgan Grigalashvili bir qarorga kelolmayapti
“Qizilqum”ning 33 yoshli gruziyalik legioneri Elguja Grigalashvili chempionat tugaganidan foydalanib, uyiga jo‘nab ketgan.
Grigalashvilining Sports.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, 31 dekabr kuni uning “Qizilqum” bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi.
Futbolchi hozircha keyingi rejasiga oydinlik kirita olmayapti. Boisi, yangi mavsumni qaerda boshlashi hali aniq emas. Gujaning aytishicha, unga takliflar tushgan. Faqat klublar nomini aytishni istamayapti.
Katta ehtimol bilan, yanvar oyida bir qarorga keladi. Ko‘ramiz, u “Qizilqum” bilan shartnomasini uzaytiradimi yoki boshqa jamoaga ko‘chib o‘tarmikin?!
Yakuniga etgan mavsumda Grigalashvili “Qizilqum” safida Superligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 9 ta gol urdi.
Fikrlar