Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi joriy turnirning birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo‘ldi. Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kunida erkaklar toifasidagi ikkala vaznda ham hamyurtlarimiz finalda ishtirok etishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab -60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddan Lutfullaev oltin medal uchun kechgan bahsda ukrainalik Artyom Lesiukka qarshi kurashdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlamagach "oltin ochko"ga murojaat qilindi. Qo‘shimcha vaqtning 13-soniyasida Lutfullaev bajargan usul yakunda terma jamoamiz uchun musobaqadagi dastlabki oltin medalni hadya qildi.
Fikrlar