Sharof Muhitdinov: "Bu bizning ishimiz emas, lekin mazkur maydonda futbol o‘ynab bo‘lmaydi"

  • 27 oktabr, 13:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" Superliganing 26-turida OKMK mehmoni bo‘lib, durang o‘ynadi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib ketdi. Uchrashuvdan keyin Sharof Muhitdinov jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Tecno

"O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. yaxshi jamoaga qarshi harakat qilishimiz aniq edi va shunga mos tayyorgarlik ko‘rdik. G‘alaba uchun kelgandik, buyog‘iga endi har bir uchrashuv qiyin o‘tadi. Chempionlikni his qilmoqdamiz. Xudo xohlasa, kelasi uchrashuvlarda g‘alaba qozonamiz. 

Bu bizning ishimiz emas, lekin bu maydonda futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Biz ko‘proq to‘pni nazorat qilishga harakat qilamiz. Maydonning holati esa bunga halaqit qildi", - dedi futbolchi. 

"Nasaf"ning "Neftchi" bilan ochkolari teng (57). Ammo o‘zaro o‘yin hisobiga Farg‘ona klubi birinchi o‘rinda turibdi. Jamoa "ajdarlar"ni o‘z maydonida engib, safarda durang o‘ynagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!