
"sharja" chempionlikka intilmoqda
Hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p tepadigan "Sharja" jamoasi bu tur safarda "Dibba Al Fujayra" bilan kuch sinashdi.
Mazkur uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan sakkizinchi daqiqada kiritilgan gol yakunda mehmonlarga 3 ochko keltirdi. Shukurov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Shu tariqa "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 43 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
BAA Pro-ligasi. 17-tur
"Dibba Al Fujayra" - "Sharja" 0:1
Gol: Rayan Mendes (90+8).
Fikrlar