
Shara Bullet: "Maykl Peyj, taqdir mehribon bo‘lsa, biz yana uchrashamiz"
Taniqli UFC jangchisi Sharabutdin Magomedov britaniyalik Maykl Peyj bilan revansh o‘tkazishni xohlamoqda.
"Maykl menga o‘zaro jang qilish taklifini berganida qabul qilganman. O‘ylashimcha, u buni qadrlashi va menga revansh berishi kerak. Peyj, taqdir mehribon bo‘lsa, biz yana uchrashamiz", - dedi Magomedov "Match TV"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Shara Bullet shu yilning fevral oyida Maykl Peyjga yutqazib, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.
Fikrlar