"Shalke"ning joriy mavsumdagi 5-murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum

  • 3 mart, 2021, 11:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shalke" klubining yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga qaraganda, endi gelzenkirxenliklarni "Darmshtadt"ning sobiq ustozi Dimitrios Grammozis boshqaradi.

Tecno

Aytish kerakki, gretsiyalik mutaxassis “Shalke”ning joriy mavsumdagi 5-bosh murabbiyiga aylanadi. Bundesliga autsayderi bundan avval Kristian Gross, Devid Vagner, Manuel Baum va Xub Stevens kabi mutaxassislarni iste’foga chiqargan edi.

"Shalke" joriy mavsum Bundesligada 23 turdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!