
"Shalke" yana bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
“Shalke” klubi bosh murabbiyi Manuel Baum o‘z lavozimidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, yaqin ikki o‘yinda Xub Stevens bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlaydi. Aytish kerakki, u bunga qadar “Shalke”ni 3 marta (1996-2002, 2011-2012, 2019) boshqargan.
“Shalke” Bundesligada 28 ta o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. So‘nggi marta ular 17 yanvar kuni “Borussiya” Myunxengladbaxni (2:0) mag‘lubiyatga uchratgan edi. Shundan so‘ng gelzenkirxenliklar 10 ta o‘yinda durang qayd etgan va 18 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan.
“Shalke” hozirda Bundesligada 4 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda. Ushbu jamoa muvaffaqiyatsiz natijalar sabab kuzda Devid Vagnerni ham iste’foga chiqargan edi.
Fikrlar