"Shalke" EChLda eng yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan nemis klubiga aylandi
Xabaringiz bor kecha “Shalke” Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida “Manchester Siti”ga 0:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra gelzenkirxenliklar shu tariqa Chempionlar ligasi tarixida eng yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan nemis klubi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Shalke” Germaniyadagi dastlabki o‘yinda “Siti”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.



Fikrlar