
Shahzod Ubaydullaev: "Gol urish yoqimli, olti oy futbol o‘ynamadik"
“Energetik-BGU” jamoasi kuni kecha BATE bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan xabardorsiz. Mezbonlar safida hamyurtimiz Shahzod Ubaydullaev gol muallifiga aylandi.
Hujumchimiz Sports.uz saytiga o‘yindagi taassurot va hamyurtlarimiz haqida fikr bildirdi.
- Taassurotga kelsak, albatta lider jamoaga gol urish doim yoqimli. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. Orqaga yo‘l yo‘q edi. Bizga ozgina o‘yin amaliyoti etishmadi, deb o‘ylayman. Nimaga deganda, men va Bobur Abduholiqov olti oy futbol o‘ynamadik. Shuning uchun vaziyatlardan foydalana olmadik.
Doniyor Abdumannopovga kelsak, unda o‘yin amaliyoti bor. Ammo u jamoaga yangi qo‘shilgan. Klubga to‘liq moslashib ketishi uchun Doniyorga yana bir-ikkita o‘yin kerak.
Fikrlar