
Shahram G‘iyosovning raqibi nega o‘zgardi yoxud Fransisko Roxoga nima bo‘lgandi?
Shahram G‘iyosov (9-0,7 KO) 15 avgust (Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongda) kuni navbatdagi jangini meksikalik Fransisko Roxoga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Lekin raqib o‘zgarib, Shahram bo‘lajak jangda Viston Kamposga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Aslida, Roxoga nima bo‘lgandi?
Sports.uz saytining manbalariga ma’lum bo‘lishicha, meksikalik bokschidan koronovirus infektsiyasi chiqqan. Shu tufayli, tez sur’atlarda boshqa raqib topishga kirishilgan. Yakunda, nikaragualik Viston Kampos yurtdoshimizga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.
Kampos faoliyati mobaynida 44 ta jang o‘tkazib, ularning 31 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 7 bora mag‘lubiyatga uchragan. Shuningdek, 6 ta durang qayd etilgan.
Fikrlar