
Shahram G‘iyosov muddatdan avval g‘alaba qozondi!
Ayni paytda AQShning Atlantik-siti shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Argentina vakili Franko Okampoga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschimizning ustunligida boshlangan bahs uzoqqa cho‘zilmadi. G‘iyosov raqibni 4-raunddayoq texnik nokautga uchratib, professional boksdagi o‘n ettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Shahram bu jangini marhuma qizi uchun bag‘ishlashini ma’lum qilgandi.
Fikrlar