Shahboz Umarovning jamoasi Turkiya yig‘inini yakunladi

  • 21 fevral, 2021, 21:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumda Turkiyada tayyorgarlik olib borgan BATE jamoasi bugun ushbu yig‘in doirasida o‘zining so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Bu safar borisovliklarga Latviyaning "Liepaya" klubi raqiblik qildi.

Tecno

"Cornelia Diamond" sport majmuasida kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan nihoyasiga etdi. BATE safida hamyurtimiz Shahboz Umarov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa to‘p tepdi.

Ertaga esa "Futbol uyi"da Belarus Oliy ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va 1-tur juftliklari ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!