Shahboz Umarov: Yangi jamoaga o‘tganim oldinga tashlangan qadam

  • 14 dekabr, 2020, 20:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumni ilk bor legioner sifatida Belarus chempionatida o‘tkazgan Shahboz Umarov ta’tilga chiqdi. “Energetik-BGU” safida mavsumni o‘tkazgan hamyurtimiz kelasi yildan BATE sharafini himoya qiladi. Umarov chempionat yakunlangach, sports.uz uchun quyidagilarni aytdi:

Tecno

- “Energetik-BGU” jamoasidagi faoliyatim davomida jismoniy tomondan ancha qo‘shdim. Shu bilan birga o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim.

Hali BATEga qo‘shilganim yo‘q. Hozircha uydaman, ta’til bo‘lgani uchun qaytganman. Shu bois oilam davrasida dam olyapman.

BATEdagi maqsadlarim? Hozirdan shoshmay turaylik, avval klubga qo‘shilishim kerak va keyin bu haqida gaplashamiz. Yangi jamoamga qachon qo‘shilishimni o‘zlari xabar berishadi.

“Energetik-BGU” bilan Minskka borganimdan keyin xayrlashaman. Albatta, yangi klubga o‘tganim men uchun oldinga tashlangan qadam bo‘ladi, - dedi Shahboz Umarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!