"Shahboz Umarov adashdi!"

  • 21 mart, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lgan BATE klubi kutilmaganda ikkinchi turdayoq ochko yo‘qotdi.

Tecno

Borisovliklar dastlabki turda o‘z maydonida “Slutsk” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgandi va birinchi golni jamoaning yangi o‘yinchisi hisoblangan Shahboz Umarov kiritgan edi. BATE futbolchilari ikkinchi turning markaziy uchrashuvida chempionlik yo‘lidagi raqobatchilaridan biri “Dinamo-Brest” jamoasi mehmoni bo‘ldi va bu bellashuvda hisob ochilmadi.

photo_2021-01-24_20-34-00

Uchrashuvdan so‘ng, jurnalistlarga intervyu bergan BATEning yana bir legioneri – xorvatiyalik himoyachi Yakov Filipovich agar Shahboz Umarov yana gol urganida jamoa bu bellashuvda g‘alaba qozongan bo‘lishini alohida ta’kidladi.

- Yigitlarning har biri g‘alaba uchun borini berib o‘ynadi. Biz yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgandik va g‘olib chiqishimiz kerak edi. Birinchi bo‘limda uch-to‘rtta qulay vaziyat bo‘lgandi, o‘yin oxirida ham  yaxshi imkoniyatni qo‘ldan boy berdik, - dedi Yakov Filipovich.

- Ikkinchi bo‘lim boshida sen yaxshi hujum boshlagan eding va Umarov hisobni ochishga yaqin edi...

- Ha, shunday bo‘ldi. Nemanya Milichga uzun pas berdim, u to‘pni Umarovga tashladi. Shahboz darvozani nishonga olishda adashdi. Afsus, shu gol bo‘lganida yutishimiz kerak edi. Biz ikki ochko yo‘qotdik.

- Muhit qanday ta’sir qildi?

- Menga yoqdi. Stadion ham, muxlislar ham. Muhit zo‘r bo‘ldi.

- O‘yining o‘tgan yilgidan ancha yaxshi. Sababi nimada?

- O‘tgan yili BATEga mart oyi oxirida kelganman. Mavsumoldi yig‘inida qatnashmadim. Bu gal yigitlarning hammasi bilan mashg‘ulotlarda birga bo‘ldim va to‘liq ishtirok etdim. Turkiyadagi mashg‘ulotlarda ham jamoa bilan birga edim. Bu juda muhim omil. Biz keyingi bahslarda  yanada yaxshiroq o‘ynaymiz va uch ochko olishga harakat qilamiz.

20210314225641_1

Eslatib o‘tamiz, Shahboz Umarovning  “Slutsk” darvozasiga kiritgan to‘pi Belarus futbol federatsiyasi rasmiy yutub-kanalidagi tanlovda birinchi turning eng chiroyli gol sifatida birinchi o‘ringa loyiq topilgan edi.

Shahboz Umarov ham ko‘plab iste’dodli futbolchilar kabi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, katta futboldagi faoliyatini AGMK klubida boshlagan. Olmaliqliklar tarkibida avvaliga yoshlar, keyin kattalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda bir necha bor maydonga tushgan hujumkor futbolchi 2020 yilning fevralida “Energetik-BGU”ga o‘tgan edi.

Bu jamoadagi ishonchli o‘yinlari va ayniqsa, uzoq masofadan BATE darvozasiga gol urganidan keyin borisovliklar Shahboz Umarov bilan yozgi transferlar vaqtida shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, iste’dodli yarim himoyachimiz o‘tgan mavsumni “Energetik-BGU”da yakunlab qo‘ydi. Minsklik “talabalar” safida oliy liganing barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi. Shahboz 30 ta uchrashuvda to‘rtta gol urib, uchta golli pas oshirdi.

551787_original_2_1

Yangi mavsumni BATEda boshlagan hamyurtimiz borisovliklarning joriy mavsum oliy ligadagi  birinchi goliga mualliflik qildi. Shahboz Umarov bu jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.

Legionerimizning super goli eng zo‘r, deb topildi!

Supergol urgan legionerimiz nimadan afsuslandi?

“O‘zbek legioneri bilan raqobatlashishdan qo‘rqmayman!”

Ikki legionerimizdan biri Evropada ilk sovringa ega bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!