Shahboz Erkinov "Andijon"da!

  • 23 yanvar, 2022, 14:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligaga tushib ketgan “Andijon” klubi Viktor Kumikov boshchiligida mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoani yana Superligaga qaytarish asosiy vazifaga aylangani sababli tarkib ham shunga mos ravishda kuchaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun 36 yoshli tajribali hujumchi Shahboz Erkinov “Andijon” mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. U o‘tgan mavsumda “Bunyodkor” safida Superligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib 2 ta gol urdi. O‘zbekiston Kubogi bahslarida esa 5 ta bellashuvda 1 bor gol muallifi bo‘ldi.

Erkinov faoliyati mobaynida ko‘plab klublarda o‘ynashga ulgurgan. Jumladan, “Paxtakor”, “So‘g‘diyona”, “Sho‘rtan”, “Nasaf”, “Olmaliq”, “Navbahor”, “Mash’al”, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912” singari klublarda to‘p surdi. Qolaversa, Eronning “Pas” jamoasida ham faoliyat olib borgan. Oxirgi ikki yilni “Bunyodkor” uchun o‘tkazdi.

Erkinov “Andijon” rahbarlari bilan kelishuvga erishadigan bo‘lsa, bu yilgi chempionatni pro ligada o‘tkazadi.

Bundan tashqari, “Andijon” safiga darvozabon Xurshid Xo‘jaev ham taklif qilinganini qo‘shimcha qilib o‘tish darkor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
23/01/2022 19:43
Андижон жамоаси сафида хам у'йнаган бундан тахминан 15 ва 18 йил мук,аддам