
"Shabab Al-Ahli" finalda g‘alaba qozondi. Masharipovdan "Panenka" uslubida gol!
Birlashgan Arab Amirliklari liga kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Sharja" o‘yingohida kechgan bahsda "Shabab Al-Ahli" penaltilar seriyasida "Al-Nasr" ustidan g‘alaba qozondi.
Finalni Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi. Odil Hamrobekov esa zaxirada qoldirildi.
Uchrashuvning asosiy daqiqasida jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. So‘ngra g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Seriyani ikki jamoa ham muvaffaqiyatsiz boshlaganiga qaramay, omad Masharipov jamoasiga kulib boqdi. Jaloliddin jamoasining so‘nggi goliga mualliflik qildi. U 11 metrlik zarbani "Panenka" uslubida ijro etdi.
Hamyurtlarimizni chempionlik bilan tabriklaymiz!
Fikrlar