
"Sevilya"ga argentinalik zo‘r himoyachi kelmoqda
Argentinaning "River Pleyt" klubi o‘ng qanot himoyachisi Gonsalo Montiel faoliyatini Evropada davom ettirishga yaqin turibdi.
Jurnalist Sezar Luis Merloning xabar berishicha, "Sevilya" 24 yoshli argentinalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, tomonlar o‘zaro 2026 yilga qadar tuzilgan shartnoma imzolaydi.
Gonsaloning transferi andalusiyaliklarga 8 million evroga tushishi aytilmoqda. Futbolchi ertaga Ispaniyaga uchib ketishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, Montiel ispaniya fuqaroligiga ham ega. Shu sababli u "Sevilya"da legioner hisoblanmaydi.
Fikrlar