"Sevilya" "Real" posbonini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 23 fevral, 2024, 17:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" darvozaboni va hozirda "Real"da ijarada o‘ynayotgan Kepa Arrizabalaga faoliyatini Ispaniyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, "Sevilya" ispaniyalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Andalusiyaliklar yozgi transferlar oynasida Kepa bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub vakillari allaqachon Arrizabalaganing agenti bilan muzokaraga kirishgan. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 29 yoshli futbolchi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, olti o‘yinda to‘qqizta gol o‘tkazib yubordi hamda olti bellashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

La Liganing 25-turidan keyin “Sevilya” 24 ochkoga jamg‘arib, turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!