Serxio Ramos qaysi klub taklifini qabul qiladi?

  • 23 oktabr, 2020, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum oxirida “Real” sardori Serxio Ramosning klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi.

Tecno

“Qirollik klubi” 34 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni bir yilga uzaytirishni rejalashtirgan. Ramosning o‘zi ikki yillik bitim kutyapti. Shu bois, hali tomonlar bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Bu vaziyatdan “Yuventus” va PSJ klublari unumli foydalanib qolishga harakat qilmoqda. Agar madridliklar Ramosni ushlab qola olmasa, u yangi jamoa tarkibiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi.

Aytish joizki, Ramos mudofaa vakili bo‘lishiga qaramay, raqib darvozasiga gol urish bo‘yicha rekordchi himoyachi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!