
Serxio Ramos PSJdagi ilk qizil kartochkasidan so‘ng post qoldirdi
PSJ yulduzi Serxio Ramos Frantsiya chempionati 19-turidan o‘rin olgan "Loryan"ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka oldi.
O‘yindan so‘ng ispaniyalik himoyachi "Instagram" sahifasida post qoldirdi:
"Bugun o‘rganish uchun yangi imkoniyat. Ertaga mukammalroq bo‘lish uchun yangi kun. Faqat oldinga!",-deb yozadi futbolchi.
Ma’lumot uchun, parijliklar asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning 1-sida Mauro Ikardining goli evaziga 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ramos esa, ikkinchi taym boshida maydonga tushib, 86-daqiqa qizil kartochka oldi.
Fikrlar