Serxio Ramos Albaning faoliyatini yakunlashiga izoh berdi

  • 8 oktabr, 13:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi, hozirda Meksikaning "Monterrey" klubi safida to‘p surib kelayotgan Serxio Ramos "Inter Mayami" futbolchisi Jordi Albaning professional faoliyatini yakunlash qaroriga izoh berdi.

"Qadrdonim Jordi, biz sen bilan birgalikda qancha sayohatlar va to‘qnashuvlarni boshdan kechirdik! Terma jamoa bilan ko‘plab muvaffaqiyat va g‘alabalarni nishonladik. Sen eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri va ispan futbolida iz qoldirgan buyuk shaxs sifatida ketyapsan. Futbol seni sog‘inib qoladi, ammo har doim yodida bo‘lasan. Qattiq bag‘rimga bosaman va quchoqlayman, birodarim", — deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tecno

Ma’lumot uchun, Alba joriy MLS mavsumi yakunlangach, butsalarini mixga ilishini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!