
Serxio Buskets va Serxi Roberto "Barsa"dan ketmaydi
Serxio Buskets va Serxi Roberto “Barselona”da o‘ynashda davom etadi. Bu haqda ularning agenti Xosep Mariya Orobitg Cadena Cope ga bergan intervyuchida aytib o‘tdi.
32 yoshli Busketsning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha, 28 yoshli Robertoniki esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Buskets o‘tgan mavsum La Ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 30 ta o‘yinda maydonga tushgan Roberto esa 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar