Serial tugadi! Mbappe PSJni tark etmoqda

  • 19 fevral, 2024, 15:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hammasi nimadan boshlangan?

Tecno

2017 yilda "Monako"da Kilian Mbappe nomli bir yigitcha EChLdagi ajoyib o‘yinlari bilan grand klublarining e’tiborini tortdi. Qiziqishlar shu qadar ediki, kurashga "Real" va PSJ qo‘shildi. O‘shanda frantsuz o‘z yurtida qolishni tanlaganini aytgandi.

Mbappe: I felt that at PSG I would play more than in Madrid | MARCA in  EnglishOradan yillar o‘tdi va hujumchi yoshligida Madrid jamoasiga muxlislik qilgani va Krishtianu Ronaldu uning kumiri ekanligi ma’lum bo‘ldi. 2021 yilda esa "Real" jiddiy taklif bilan chiqishga qaror qiladi. Mbappe "qaymoqranglilar" safiga borib qo‘shilishi haqiqatga aylanib borayotgan bir paytda u PSJ bilan shartnomasini yangiladi. Mbappening Parijda qolishiga pullar sabab bo‘lgani aytilib kelinadi, lekin futbolchi buni albatta inkor qiladi. Agarda raqamlarga e’tibor qiladigan bo‘lsak, uning maoshi 3 barobarga oshdi, eng katta oylik oladigan futbolchiga aylandi (o‘sha vaqtga ko‘ra). Shartnoma 2+1 ko‘rinishida tuzildi, qo‘shimchasiga katta bonuslar olgan Kilian Madrid tomon yo‘l olmaydigan bo‘ladi.

Kylian Mbappe: PSG forward signs new contract with Ligue 1 champions but  LaLiga is set to file complaint | Football News | Sky Sports

So‘nggi ikki yil qanday o‘tdi?

Mbappening yana bir katta orzularidan biri bu PSJ bilan Chempionlar ligasini yutish edi. 2021 yilda bunga jamoa juda yaqin kelganini ko‘rgan futbolchi kelasi safar uni qo‘lga kiritishiga ishongani uchun ham qolishga rozi bo‘lgan. Ammo parijliklar 2021/22 mavsumda yarim finaldan, keyingi ikki yil nimchorak finaldan turnirdagi yurishini to‘xtatdi. Mbappe mavzusi esa har transferlar oynasi ochilishi bilan yana ko‘tarilardi. Orada "Liverpul" nomi ham tilga olindi, lekin hech qaysi klub rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. 2023 yilning yoz oyida PSJ rahbariyati u bilan yana shartnomani uzaytirishni istab qoldi va Mbappe bilan bog‘landi. Hujumchi esa taklifni rad qilib, o‘zi atrofida yana mish-mishlarni ko‘paytirdi. Mavsum oldi turnega uni olib ketishmadi. Bu esa hujumchining klubni tark etish ehtimoli yuqoriligini bildirib turardi, lekin Mbappe so‘zida turdi, ya’ni Parijni erkin agent sifatida tark etishni xohladi.

A 10-year contract!? Kylian Mbappe offered unbelievable €1bn deal as PSG  make huge effort to convince him to snub Real Madrid | Goal.com UK 

Yakun?

Qishki transferlar oynasida Kilian borasida yana xabarlar chiqishni boshladi. Bu safar madridliklarning ham xato qilish niyati yo‘q. Klub yozning g‘amini qishda eyishni istadi va jiddiy muzokaralar bo‘lmasada, Mbappega o‘z qarorini tezroq qabul qilishini so‘ragani haqida mish-mishlar yo‘q emas. Mbappe kelajagini hal qilib bo‘lgan. U yozda erkin agent sifatida PSJni tark etadi. Buni futbolchi Nosir Al-Helayfiga ma’lum ham qildi.

Al-Khelaifi Plans to Take Over Contract Extension Talks With Mbappé

Bu safar Mbappega klub tomonidan hech qanday bosim va rad qilib bo‘lmas takliflar tushmaydi. Parijliklar ham hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor va alternativ variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ammo rahbariyat xabarlarni sizib chiqqanidan biroz xafa. Frantsiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan "Nant"ga qarshi uchrashuvda Kilian asosiy tarkibga kiritilmadi ham, lekin u zaxiradan maydonga tushib, jamoasining g‘alabasiga o‘zining hissasini qo‘shdi. 

Nantes 0-2 PSG - Kylian Mbappe comes off bench to score penalty as PSG ease  past Nantes - Eurosport

Mbappening keyingi manzili "Real"?

"Mbappening qaerga o‘tayotganini hammamiz bilib turibmiz", - dedi "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate. Ammo hali shartlar to‘liq kelishib olingani borasida xabarlar yo‘q. Hozircha Frantsiya nashrlari asosan Mbappenig "qaymoqranglilar" bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma tuzishini ma’lum qilmoqda. Shuningdek, hujumchi "Real"da 10-raqamni olishini ham ta’kidlashmoqda. Buning uchun Modrich jamoani tark etishi, yoki boshqa raqamni tanlashi kerak. Fabritsio Romano Madrid tomoni bu safar 2021 yilnikidan kam maosh taklif qilayotganini aytmoqda. Mbappe agar taklifni qabul qilgan taqdirda ham klubdagi eng ko‘p oylik oladigan futbolchi bo‘lmaydi. 

Watch: Kylian Mbappe laughs at Tom Holland asking him to join Spurs -  Planet Football

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!