
Sergeyning bozori "qizidi"
CalcioMercato xabariga ko‘ra, APLning ikki klubi - "Arsenal" va "Nyukasl" e’tiborini "Latsio" klubi va Serbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichga qaratgan.
Manbaga ko‘ra, ingliz klublari futbolchi uchun 40 million evro taklif qilgan. Rimliklar esa etakchi futbolchisini mavsum yakunlangach sotishga rozi bo‘lishi mumkin, chunki uning shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Serbiyalik iqtidor egasiga shuningdek, “Vest Xem”dan ham qiziqishlar mavjud.
28 yoshli Milinkovich-Savich joriy mavsum “Latsio” safida barcha turnirlarda jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar