Sergey va Sanjar juftliklar o‘rtasida ham g‘alaba qozondi
Tailandning Nontxaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Fyuchers" musobaqasining yakkalik bahslarida omadli start olgan Sanjar Fayziev va Sergey Fomin bugun juftlik bellashuvlarida kortga chiqdi.
Sanjar va Sergey tandemi mezbonlar vakili Pol Vattanakul va Nattasit Kunchuvan bilan chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi.
Mazkur o‘yinda tennischilarimiz raqiblari ustidan har ikkala setda bir xil 7:5 hisobida zafar quchishdi.


Fikrlar