
Sergey Kovalyov: " O‘zbekistonda chapaqay bokschini topish kerak, degan muammo yo‘q"
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, rossiyalik taniqli bokschi Sergey Kovalyov nima uchun hozirda O‘zbekistonda yashayotganini tushuntirib berdi.
"Men birinchi navbatda, o‘z kasbim uchun qulay bo‘lgan joyda yashayman. O‘zbekistonda boks juda yuqori saviyada. O‘zbeklarda juda kuchli jamoa bor, deb o‘ylayman. Sparring uchun kuchli raqiblar bor, chapaqay bokschilar ham ko‘p. Chap qo‘lli bokschini topish kerak, degan muammo yo‘q. Bu erda har qanday usul va uslubga ega bokschilarni topish mumkin" - dedi Sergey Kovalyov.
Ma’lumot uchun, Kovalyov navbatdagi jangini 18 aprel kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida Artur Mannga qarshi o‘tkazadi. Kovalyov o‘z vaqtida o‘zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida yarim og‘ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar