Belgiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "J1" tasnifidagi "Charleroi-Marcinelle" turnirining yakkalik bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin chorak finalga chiqqani haqida xabar bergan edik.
Tennischimiz juftliklar o‘rtasida avstraliyalik Stefan Storch bilan ispan tennischilari – Maks Alkala Gurri va Alek Martinezni 6:1, 5:7, 12:10 hisobida taslim qilib, yarim finalga yo‘l oldi.
Endi Sergey va Stefan final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda avstraliyalik Chen Dong va xitoylik Bu Yunchaokete bilan raqobatlashadi.
Fikrlar