Sergey Arslonov: "U hammasini barbod qildi"

  • 21 avgust, 2024, 08:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 14-turning qoldirilgan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. "Neftchi" jamoasi bu turda o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Bugungi o‘yin haqida nimadir deyish qiyin. Birinchi o‘tkazib yuborgan golimiz rejalarimizda yo‘q edi. U hammasini barbod qilib yubordi. Shunga qaramay, yigitlar ikkinchi taymda o‘zini qo‘lga olishni uddaladi. Ikkinchi bo‘limdagi 20 daqiqalikni zo‘r o‘tkazdik, ammo yana darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Bu yakuniy natijaga ta’sir qildi. Yigitlarga hech qanday e’tiroz yo‘q. Barcha qo‘lidan kelgan ishni qildi.

- Ketma-ket durang va mag‘lubiyatlar. Muxlislar mashg‘ulotlarga kiritilmadi. Sababi murabbiylar ikkinchi davra uchun yangi taktika ustida ishlagani deb aytildi. Bugun nimadir etishmadimi?

- Savollaringizga ketma-ket javob beraman. Bizda taktik ishlamalar bor edi. Yangi o‘yinchilar ham kelgan edi. Shu bois, ishqibozlardan bu uchun uzr so‘raymiz. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, kelganlar yaxshi qo‘shilib ketdi. Taktika va strategiyasiz futbol bo‘lmaydi. Kimlardir hujumkor va himoyaviy futbol borligi haqida aytadi, ammo unday tushuncha yo‘q. Uslub bo‘ladi. Bu bizni jamoa hujum qilayotganida va himoyalanadi. Biz faqat mudofaada o‘tiramiz degan gap yo‘q. Biz asosiy urg‘uni maydonning uchinchi qismidagi yakunga berganmiz. Mashg‘ulotlarda ishlayapmiz, ammo buni har safar maydonda ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Jarohat olganlarning yo‘qligi ham sezilmoqda. Husayn Norchaevning jarohati sababli u katta ehtimol bilan kelasi yili maydonga tusha oladi. Biz ishqibozlardan biroz sabrli bo‘lishlarini, bizga ishonishlarini so‘rab qolaman. 

- Maydonga tushgan yosh futbolchilarning o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Aynan o‘rtoqlik o‘yinlarida ularga vaqt berdik. Ular ishonchni oqladi. Bugun zaxira o‘rindig‘ida etarlicha ijrochi bo‘lmagani bois yoshlarni maydonga tushirdik. To‘g‘risini aytaman, ular o‘yinga yaxshi qo‘shilib ketishdi. 

- "Neftchi" birinchi davraning ilk 8 turida eng yaxshi mudofaaga ega jamoa edi. Hozir juda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapsizlar?!

- Istalgan o‘tkazib yuborilgan yoki kiritilgan gol ko‘plab voqealarning yig‘indisi. Agar ursak, bu to‘g‘ri harakatlar yig‘indisi, o‘tkazib yuborsak xatolar effekti. Bunda barchaning aybi bor. Raqibni bugun g‘alaba bilan tabriklayman. Ular 3 ochkoga munosib o‘yin namoyish etishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!