Sergey Arslonov "Dordoy" bilan asosiy maqsadi nima ekanini aytdi

  • 28 may, 2022, 10:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabar berganimizdek, Sergey Arslonov “Dordoy” klubida katta murabbiy sifatida ish boshladi va natijaga aynan u javob beradi. Hamyurtimiz rasman o‘z lavozimiga tayinlanganidan keyin klub matbuot xizmatiga dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Avvalo klub rahbarlariga taklif hamda mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Klub haqida nima deyishim mumkin? Ha, men bu borada ma’lumot oldim. “Abdish-Ota” jamoasi bilan chempionatning so‘nggi uchrashuvida o‘yinni tomosha qilishga, futbolchilar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ldim.

Aytishim mumkinki, yigitlar juda yaxshi. Ajoyib ijrochilar bor. O‘yinni yaxshi tashkil etishga e’tibor qaratiladi. Bilasiz, bu jamoaning oldiga qo‘yilgan vazifalar doim yuqori. Asosiy maqsad, OFK Kubogi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqish”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!