Ser Aleks Fergyuson murabbiylikka qaytyapti

  • 16 fevral, 14:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jahon futbolidagi eng zo‘r ustozlardan ser Aleks Fergyuson bitta uchrashuv uchun murabbiylik faoliyatini tiklaydigan bo‘ldi.

TALKSPORT nashrining ma’lum qilishicha, Fergyusonni mashg‘ur hujumchi Juzeppe Rossining xayrlashuv uchrashuviga taklif etishgan. Bu o‘yin 22 mart kuni Florentsiyada bo‘ladi.

Juzeppe Rossi 2004-2006 yillari shotlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p tepgan. Italiyalik hujumchi faoliyatini 2023 yili yakunladi va uning oxirgi jamoasi SPAL bo‘ldi.

Ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunayed”ni 1986-2013 yillar davomida boshqargan. Uning boshqaruvidagi jamoa 13 marta Angliya chempionligi, besh bor mamlakat kubogi, ikki marotaba UEFA Chempionlar ligasi va qator boshqa turnirlar g‘olibligiga sazovor bo‘lgan.

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!