
"Sepaxon" - "Al Ittihod" o‘yini borasida OFK rasmiy bayonot berdi
Xabaringiz bor, OChL 2-turidan o‘rin olgan "Sepaxon" - "Al Ittihod" o‘yinida jiddaliklar stadionga tushishdan bosh tortdi va Saudiyaga qaytib ketdi. Mazkur holat bo‘yicha OFK rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi kutilmagan hodisa sabab bekor qilindi. OFK futbolchilar, muxlislar va ikkala tomonning ham xavfsizligini ta’minlashga harakat qiladi. Bu masala tegishli qo‘mitalar tomonidan muhokama qilinmoqda", - deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, ayni paytda "Al Ittihod" delegatsiyasi Jiddaga etib borgan.
.
Fikrlar