Sent-Per: "Butun faoliyatim davomida o‘zimga yolg‘on gapirib keldim"

  • 21 iyul, 2024, 15:51
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Afsonaviy kanadalik aralash yakkakurash jangchisi va ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Per janglari oldidan duch kelgan psixologik muammolari va ular bilan qanday kurashgani haqida aytib berdi.

Tecno

"Jang o‘tkaziladigan kuni ertalab, tanamda charchoq his qilgan holda uyg‘ondim, chunki o‘sha kecha to‘yib uxlolmagandim. Bu esa bo‘lajak jangimga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi. Ammo keyin nima qildim, bilasizmi? O‘zimga o‘zim yolg‘on gapirdim, sparring sherigim va murabbiyimni aldadim. O‘zimni juda yaxshi his qilayotganimni va jangga tayyorligimni aytdim. Nega shunday qildim? Chunki mening firklashim menga ta’sir o‘tkazishini bilardim. Butun faoliyatim davomida bunga ishonch hosil qildim. Butun faoliyatim davomida o‘zimga yolg‘on gapirib keldim, hatto qo‘rqib ketganimda va nihoyatda noqulay vaziyatlarga tushganimda ham. O‘z-o‘zimga "menda hammasi yaxshi", deya ta’kidladim. Shu orqali muvaffaqiyatga erishishimga 100% ishonch hosil qildim", – dedi Sent-Per "Anik and Florian" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Sent-Per so‘nggi jangini 2017 yilning oktyabr oyida o‘tkazgan va 2019 yilning fevralida faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!