
"Seni sog‘inaman, "kolxozchi"
"Zenit" yarim himoyachisi Magomed Ozdoev "Bayer" bilan shartnoma imzolagan jamoadoshi Sardor Azmun bilan xayrlashdi.
"Orzungiz tomon boring. Seni sog‘inaman, "kolxozchi", - deya yozdi Magomed o‘z instagramdagi sahifasida.
Azmun bunga javoban shunday dedi: "Zenit"ning barcha futbolchilari, murabbiylari va "kolxozchi" muxlislari mening qalbimda abadiy qoladi".
Eslatib o‘tamiz, "kolxoz" Azmunning sevimli so‘zi bo‘lgan. U mashg‘ulotlar paytida jamoadoshlariga hazil tariqasida "kolxoznik", deya murojaat qilardi.
Fikrlar