Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi: Mane "Oltin to‘p"ga munosib
Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Aliu Sisse “Liverpul” hujumchisi Sado Maneni “Oltin “To‘p”ga munosib deb hisoblaydi.
“Nega endi yo‘q? U faqatgina o‘tgan mavsumda ko‘p mehnat qilgani yo‘q, 2001 yildan buyon, ya’ni men uni bilgan paytdan buyon Mane professional va tartibli futbolchi hisoblanadi.
Sadio o‘tgan mavsum ajoyib yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Afrika kubogidagi g‘alaba esa uni “Oltin to‘p”ga yanada yaqinlashtiradi”, - deydi Sisse.
Eslatib o‘tamiz, Mane o‘tgan mavsum “Liverpul” safida 54 o‘yinda maydonga tushdi va 29ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar