
Sen eng qimmatisan, demak boshqalardan ko‘proq ter to‘kishing kerak!
“Tottenxem” yarim himoyachisi Tangi Ndombelening harakatlari bosh murabbiy Antonio Kontega ma’qul kelmayapti. Ilgari “Tottenxem”ni boshqargan Joze Mourino ham frantsiyalik fubolchiga ko‘p e’tiroz qilardi.
Londonliklar bu futbolchini 2019 yili 55 million funtga sotib olgan. Bu klub tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.
Antonio Konte katta summaga olingan o‘yinchi boshqalarga qaraganda ko‘proq harakat qilishi kerakligini ta’kidlamoqda.
- Tangi mahoratli futbolchi, lekin u jamoa manfaatlari undan ustun turishini anglashi kerak. U o‘z iqtidori jamoaga foyda keltirish uchun ishlatishi va boshqalardan ko‘proq ter to‘kishi talab etiladi.
Men targ‘ib qilayotgan futbolda har bir o‘yinchining aniq vazifasi bor. Ularning har biri nima qilishi kerakligini yaxshi bilishi kerak. Bo‘lmasa, futbolchilar maydonda yugurib yurishdan boshqa narsaga yaramaydi, - dedi Antonio Konte.
Fikrlar