"Semurg‘" bosh sovringa yaqin keldi

CHERY AUTO

Kecha tunda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining finali doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Semurg‘” va “Binokor” jamoalari uchinchi bor bahs olib borishdi.

Tecno

Dastlabki uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan tegishli xulosa chiqarib olgan “Semurg‘” bu gal ham ishonchli o‘yin namoyish qilib, raqibini 5:2 hisobida taslim etishga erishdi. Ta’kidlash joiz, bu g‘alabadan keyin “Semurg‘” bosh sovrin sari dadil qadam tashladi. Kelasi o‘yinda ham ular muvaffaqiyat qozonishsa, mavsum chempionligini qo‘lga kiritishadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Final
"Semurg‘" - "Binokor" 5:2 ( seriyalar bo‘yicha hisob – 2:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!