Semenoning MYuga transferi barbod bo‘ladi(mi)?
"Bornmut" vingeri Antuan Semeno qishki transferlar bozorida "Manchester Yunayted"ga o‘tmaslik ehtimoli bor.
"The Athletic" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim Semenoni yaxshi ko‘radi va imkon qadar tezroq uni jamoaga olib kelishga harakat qilmoqda. Biroq mankunyanliklar yanvar oyida "Bornmut"ning moliyaviy talablarini qondirish ehtimoli juda pas baholanmoqda. Qayd etilishicha, ganalik futbolchining shartnomasida 73,5 million evrolik tovon puli belgilangan. Futbolchining "giloslar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga etadi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar