
Semedu "Barselona"dan ketganini ma’lum qildi
"Barselona" himoyachisi Nelson Semedu jamoadan ketganini ma’lum qildi. U tez orada "Vulverxempton"ga o‘tishi kutilmoqda.
“Barselona”ga klub futbolkasini kiyish, "Kamp Nou"da o‘ynash va dunyoning eng yaxshi jamoasida to‘p surishdan zavq olish imkoniyatini bergani uchun minnatdorlik bildiraman. Meni futbolchi va inson sifatida o‘sishimga sabab bo‘lganingiz uchun tashakkur. Bu men uchun uch ajoyib mavsum bo‘ldi, ularni hech qachon unutmayman. Men hamkasblarim, xodimlar, muxlislar va menga yordam bergan barcha odamlardan minnatdorman. Barchaga omad tilayman”, - deb yozdi Semedu o‘z Instagram sahifasida.
26 yoshli Semedu “Barselona” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 124 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar