Sekeyra yana Superligaga qaytishni xohlayapti...mi?

  • 12 dekabr, 2021, 01:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda ishlab ketgan portugaliyalik Mikael Sekeyra borasida endi har kimda turli taassurot paydo bo‘ldi. Shu yilning yanvar oyi boshlarida “Lokomotiv” klubiga kelgan va oldiga sovrinli o‘rinlar uchun kurashish vazifasi qo‘yilgandi. Sekeyra ham eng shimarib ishga kirishdi va ilk kunlardanoq qo‘l ostidagi o‘yinchilariga bir gapni takror va takror ayta boshladi: “bu erga sayohat qilgani kelmadim, birgalikda sovrin yutishimiz kerak!” Shu tariqa ixtiyoridagi futbolchilarni ruhlantirib bordi. Qolaversa, u kelguniga qadar klub rahbariyati yangi transferlarni deyarli amalga oshirib bo‘lgan va o‘sha futbolchilar ham portugaliyalik murabbiyning ko‘rsatmasi bilan olingandi. Uning shartnomasi yil oxirigacha edi. Qolgani esa natijaga qaralishi ko‘zda tutilgandi.

Tecno

Mika klubda birinchi kundanoq o‘zining o‘yin falsafasini amalga tatbiq etish ishlarini boshladi. Shunga yarasha futbolchilarni tanlab olgandi. Bizda ham Sekeyraga nisbatan qiziqishimiz ortganini tan olamiz. Portugaliyadan kelgan murabbiy “Lokomotiv”da qanday natija ko‘rsatarkin, deya jamoaning o‘yinlarini va murabbiyning ishini kuzata boshladik. Sekeyra “Lokomotiv” bosh murabbiyi ostida shunday natija ko‘rsatdi: 10 ta g‘alaba, 6 ta durang va 9 ta mag‘lubiyat. U Superliganing oxirgi turi oldidan jamoani tark etdi. “Lokomotiv” esa Qarshiga borib “Nasaf”ni yutib keldi. O‘sha uchrashuvdan keyin murabbiylar shtabi bu g‘alaba aslida Sekeyraning mehnat mahsuli ekanligini aytdilar. Klub esa 6-pog‘onadan joy oldi.

sekeyra5_1

Rostini aytganda, hali Sekeyraning ortidan biror-bir yomon gap eshitmadik. U bilan ishlagan futbolchilar portugaliyalikni yaxshi sifatlari bilan eslashyapti. Murabbiy jamoa o‘yinini qurayotganida hammasini boshidan boshladi va avvalo poydevorni o‘rnatayotgandi. Chempionat davomida “Lokomotiv”ning o‘yini yaxshi chiqqan va buni aksi o‘laroq yaxshi chiqmagan paytlari ham bo‘ldi. Lekin umumiy kartinada jamoa o‘yinida Sekeyraning imzosi ko‘ringanini hamma biladi. Ammo futbolda murabbiylar uchun faqat natija gapiradi. Bir yil mobaynida barcha o‘ylaganlarini amalga oshirish uchun balki Mikaga vaqt etishmagandir.

sekeyra222_1

Unda Portugaliya futboli, umuman Evropa futboli yaxshi shakllangandi. “Lokomotiv” o‘yinida ham asta-sekin evropacha futbol muhiti hukm surayotgandi. Lekin Sekeyraga o‘ylagan falsafasini jamoaga singdirish uchun to‘liq vaqt etmagandek tuyuldi. Ba’zida futbolchilarning individual xatolari qimmatga tushdi. Ayniqsa, mudofaa chizig‘idagi kamchiliklarni bartaraf etishga murabbiy hali ulgurmagandi. Ammo Sekeyra bilan bog‘liq nima yuz berganini aytmasam ham barcha yaxshi biladi. O‘sha Qo‘qondagi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanidagi gaplari shov-shuv ko‘tarib yubordi va hatto o‘z yurtida ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. Klubdan ketishiga esa o‘sha gaplari sabab bo‘lgan yoki bo‘lmagani bizga qorong‘u. Biroq Superliga yakunlanishiga bir tur qolganida narsalarini yig‘ishtirib ketgani vaziyatni biroz tezlashtirgandek bo‘ldi.

sekeyra_5

Biz yana bir bor Mikael Sekeyraning matbuot anjumanidagi fikrlarini muhokama qilish niyatida emasmiz. Uni yurtimizdan qanday holatda tark etganini o‘zi biladi. Ammo ketar chog‘ida “Lokomotiv” a’zolari bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashganini ko‘rdik. Lekin bu erga sovrin yutish uchun kelgandi va bu ishni uddalay olmasdan ketgani uni ko‘nglini g‘ash qilayotgan ko‘rinadi. Ayni paytda "Loko"dagi ishlarini tahlil qilayotgan mutaxassis bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, yana yurtimizda ishlashga qarshi emas. Bu borada unga O‘zbekistondan takliflar bor yoki yo‘qligi xususida hozircha bexabarmiz. Biroq portugaliyalik murabbiyning yana Superligamizga qaytish istagi borligidan shuni bilish mumkinki, u xafa bo‘lib ketmagan.

Oldin o‘zi bilan suhbatlashganimizda ham, matbuot anjumanlarida ham bir necha bor yurtimizdagi hayot, bu erdagi insonlarning madaniyati unga juda ham yoqqanligi haqida aytgani yodimizda. Murabbiy endi futbolimizni, undagi yutuq va kamchiliklarini biladi. Agar qaytadigan bo‘lsa ham balki endi qanday ishlashni va nimaga e’tiborni oshirishni bilsa kerak. Sekeyra esa jiddiy loyihasi bor klubda faoliyat olib borishni xohlayapti. Xo‘sh, bizda murabbiy istagan ana shunday jiddiy loyihaga ega klublar bormi?  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!