Sebalos: “Simeone hali hamon EChLdagi mag‘lubiyatlarni unutmagan”

  • 20 yanvar, 00:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” yarim himoyachisi Dani Sebalos “Las-Palmas”ga qarshi bahsdan so‘ng mazkur o‘yin va Diego Simeone haqida o‘z fikrlari bildirib o‘tdi. 
 
“Chiroyli o‘yin hech qachon natija olib kelmaydi - asosiysi g‘alaba. Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdim, deb o‘ylayman. Shu bilan birga, o‘zimga bo‘lgan ishonchni so‘nggi kunlarda qaytardim. 
 
To‘g‘ri, raqiblar ham kuchli harakat qilishmoqda, lekin biz ham tobora o‘yinimizni yaxshilab bormoqdamiz. Shuni ham ta’kidlashim kerak, biz qolgan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishga tayyormiz. 
 
Simeone hakamlar bizga yon bosishini aytdi? Nazarimda, u haligacha Chempionlar ligasining finalida 2 marta "Real Madrid"ga yutqazganini unuta olmayapti. Shu bois, argentinalik mutaxassis shunday fikrga kelgan ko‘rinadi” – dedi ispaniyalik havbek  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!