
“SBS Cup”. O‘zbekiston Urugvayni kichik hisobda mag‘lub etdi
“SBS Cup” halqaro turniri doirasida O‘zbekiston U-19 terma jamoamiz Urugvayga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Yagona gol Nodirbek Abdurazzoqov nomiga qayd etildi. Bu gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi.
Ushbu g‘alaba Farhod Nishonov shogirdlariga 3 ochko taqdim etdi. Hozirda vakillarimiz hisobida 5 ochko mavjud.
Fikrlar