Sayat Ilyasovning raqibi 3-raundga chiqishdan bosh tortdi!

  • 4 dekabr, 20:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2-13 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi. IBA tashkiloti sha’feligida o‘tkazilayotgan ushbu turnirda terma jamoamiz a’zolari ham qatnashadi. Birinchi kun doirasidan ikki nafar bokschimizning bahsi o‘rin olgandi.

Tecno

-63,5 kg vaznda vakilimiz Sayat Ilyasov hamda falastinlik Anas Sleyman to‘qnashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Kutilganidek, Ilyasov 2 raund davomida ancha faol harakat qildi va raqib 3-raundga chiqishdan bosh tortdi. Natijada g‘alaba  hamyurtimizga taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, ertaga ham Jahon chempionatining navbatdagi kun bahslari bo‘lib o‘tadi. Barcha yangiliklarni bizning sayt orqali kuzatib boring. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!