
Sautgeyt: "Uoker tez-tez jarohat oladigan futbolchi emas"
Angliya va Braziliya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida Dorivalning shogirdlari 0:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindagi yagona golni zaxiradan maydonga tushgan Endrik urdi. Hujumchi 80-daqiqada qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Uoker jarohat olib maydonni erta tark etdi. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Kayl Uokerning jarohati haqidagi savolga javob berdi.
"Biz hali Kaylning jarohati qanchalik jiddiy ekanligini bilmaymiz. U o‘zini noqulay his qildi. Uoker tez-tez jarohat oladigan futbolchi emas, shuning uchunm uammo nimada ekanligini bilmaydi. Hammasi tekshiruvlardan keyin ma’lum bo‘ladi", - deya Sautgeytning so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, 26 mart kuni Angliya Belgiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar