Sautgeyt uchun so‘nggi imkoniyat!

  • 9 iyun, 2024, 04:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyada bo‘lib o‘tadigan "Evro-2024"ga oz muddat qoldi. Turnir start olishidan oldin barcha terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishmoqda. Shu bilan birga, Angliya ham FIFA kunlaridan foydalanib, Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va mag‘lubiyatga uchradi. Bu esa hali biron marta kubok sohibiga aylanmagan Garet Sautgeyt uchun yomon xabardir. Sababi, uning shartnomasi 2024 yilning oxirida o‘z yakuniga etadi, ya’ni bu chempionat murabbiy uchun katta ehtimol bilan so‘nggisi. 

Tecno

Gareth Southgate laments England's lack of character during Iceland defeat  | The Independent

Angliya so‘nggi bor 1966 yilda Jahon chempionatini qo‘lga kiritgan. Shundan beri "uch sherlar" yirik turnirlarda zafar qucha olmayapti. O‘tgan Evroda bunga inglizlar juda yaqin kelishdi, lekin finalda Italiyaga imkoniyat boy berildi. O‘shandan keyingi JChda Frantsiyaga mag‘lubiyatga uchralganidan keyin rahbariyat Sautgeytni "Evro-2024"da ham boshqarishini istadi.

Sautgey o‘zining ayrim odatlaridan voz kechmoqda, ya’ni oldindlari u o‘ziga yoqqan futbolchilarni yig‘inlarga taklif qilardi. Bu safar esa Jek Grilish, Markus Reshford, Jordan Xenderson kabi terma jamoadagi o‘rini kafolatlangan yulduzlar Evroda ishtirok etmaydi. Shuni ham ta’kidlash kerak, murabbiy Kalvin Fillipsdan ham voz kechgan. Bu esa Adam Uorton, Kobbi Maynu va Eberechi Ezelar uchun katta imkoniyat tug‘ilishiga sabab bo‘ldi.

Ammo Islandiyaga mag‘lubiyatga uchraganidan keyin ingliz mutaxassisiga bo‘lgan ishonch kamaygan bo‘lishi mumkin. Sababai, islandiyaliklar saralash bosqichidan o‘ta olmagan va ayni paytdagi daraja jihatdan "uch sherlar"ga muammo tug‘dira olmasligi kerak edi, Ammo Oge Xareyde shogirdlarining so‘nggi 4 ta bahsning bittasida mag‘lub bo‘lganini ham ta’kidlash kerak. Bunaqa stabillik so‘nggi marta 4 yil oldin kuzatilgan. 

England loses to Iceland in its last friendly before Euro 2024. Host  Germany beats Greece - The San Diego Union-Tribune

Garetning kelajagi hozircha so‘roq ostida turibdi. Ushbu mavsum ko‘p-ko‘p uning "Manchester Yunayted"da ish boshlashi haqida mish-mishlar chiqdi. Biroq, murabbiy ayni paytda bor-e’tiborini Germaniyada bo‘lib o‘tadigan turnirga qaratgan. Faqatgina jamoa chempion bo‘lsagina, Sautgeyt terma jamoada qolishi mumkin, degan gap-so‘zlar ham yo‘q emas. 

Angliya "Evro-2024"da Daniya, Serbiya va Sloveniya bilan bir guruhdan joy olgan. Agarda jamoa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda pley-offga yo‘l olsa, eng yaxshi 3-o‘rin egalaridan biriga qarshi o‘ynaydi. Agarda inglizlarga ikkinchi o‘rin nasib qilsa, "A" guruh peshqadami bilan to‘qnash keladi.

Suhrob Xolbekov yozdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!