
Sautgeyt: Reshford eng zo‘r futbolchi bo‘lish uchun harakat qilmoqda
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford ko‘rsatayotgan o‘yinlar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Reshford eng zo‘r futbolchi bo‘lmoqchi va buning uchun borini berib harakat qilmoqda. U gol urgan paytida o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada oshmoqda”, - deydi Sautgeyt.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi mart oyida Chexiya (22 mart) va Chernogoriyaga (22 mart) qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar