Sautgeyt iste’foga chiqmoqchi emas

  • 18 dekabr, 2022, 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Garet Sautgeyt Evro-2024gacha Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib qolmoqchi.

Tecno

The Telegraph xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis Angliya terma jamoasida qolishga qaror qilgan. Sautgeyt Rojdestvo oldidan o‘zining ushbu qarori haqida Angliya futbol assotsiatsiyatssini xabardor qilishi kutilmoqda.

Murabbiy Evro-2024 yakuniga qadar tuzilgan shartnomasidan to‘liq foydalanishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Sautgeyt qo‘l ostida JCh-2018 yarim finaliga chiqdi va Evro-2020 finalida o‘ynadi. JCh-2022da esa chorak finalda Frantsiyaga (1:2) mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!