
Sautgeyt bugun etakchi futbolchilarga dam olish imkonini beradi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Millatlar ligasi yarim final bosqichi doirasida Gollandiyaga qarshi kechadigan uchrashuvda tarkibda rotatsiyaga qo‘l urishi mumkin. The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mutaxassis EChL finalida to‘p surgan "Liverpul" va "Tottenxem" a’zolariga dam olish imkonini bermoqchi.
"Shporlar" safidan Denni Rouz, Erik Dayer, Dele Alli va Garri Keynlar "uch sherlar" tarkibiga jalb etilgan. "Qizillar"dan esa Trent Aleksander-Arnold, Jozef Gomes va Jordan Xenderson Angliya terma jamoasiga jalb etilgan.
Ma’lumot uchun, Gollandiya - Angliya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.
Fikrlar