
Sautgeyt asosiy tarkib borasida o‘zgarish qilmoqchi emas
Angliya birinchi turda Serbiyaga qarshi maydonga tushib, minimal hisobda zafar quchdi. Garchi jamoa g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, tanqidlarga uchradi. Ayrimlar Sautgeytning Anlodni yarim himoyachi sifatida o‘ynatishi va Fodenni samaradorsiz harakatlaridan norozi.
"Daily Mail" nashri xabar berishicha, Garet yangi nomlarni sinab ko‘rishdan tarkibni mana shu ko‘rinishida saqlab qolishni afzal ko‘rmoqda. U Daniya bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ham Fodenni chap qanot vingeri, Arnoldni yarim himoyachi o‘rnida o‘ynatishni rejalashtirmoqda.
Sautgeyt jurnalistlarning gap so‘zlariga qaramasdan ish ko‘radigan mutaxassis hisoblanadi. Shu sababli, uni tarkibga o‘zgartirish kiritishi qiyin masala.
Eslatib o‘tamiz, Daniya - Angliya o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.
Fikrlar